Filologiya va lingvistika
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Aprel - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Filologiya va lingvistika (tilshunoslik) – bu til va adabiy ijodda ifodalangan xalq madaniyati kabi ta’lim spektrlarini, shuningdek, faqat tillarga ixtisoslashgan fanlarni keng qamrab oladigan ta’lim sohasidir. Ushbu ta’lim dasturi tillar va ularning shakllanishini chuqur o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
Mashg‘ulotlar davomida talabalar nafaqat til o‘rganadilar, balki tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bizning dasturimiz talabalarni turli karera imkoniyatlariga, jumladan, media ta’limi, tarjimonlik, madaniy menejment va boshqa ko‘plab sohalarda ishlashga tayyorlaydi.
Filologiya va lingvistika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat dasturi EMU Universityda kunduzgi shaklda 4 yildavom etadi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi
- 15 000 000 so'm / yillik
