Filologiya va tillarni o‘qitish: dariy tili

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (Qo'shma ta'limlari)

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Filologiya   — gumanitar fanlar — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya va boshqa larning hamkorligidan tarkib topgan umumiy fan; yozma yodgorliklarni lisoniy va stilistik jihatdan taxlil etish orqali inson maʼnaviy madaniyatining tarixi va mohiyatini oʻrganadi. Oʻz ichki masalalari va tashqi aloqalari yigʻindisidan iborat boʻlgan matn filologiyaning mavjudligini belgilovchi ilk asos hisoblanadi .

Dariy tili — gʻarbiy, sharqiy eroniylar (forslar, afgʻonlar va boshqalar) adabiy tili. 9-asr oxirlari va 16-asr boshlarida hozirgi EronAfgʻoniston, Ozarbayjon, qisman Markaziy Osiyo va Shim.-Gʻarbiy Hindiston hududlarida tarqalgan. Sharqning koʻp shoirlari, xususan Rudakiy, Hofiz, Sheroziy, Umar Xayyom, Nosir Hisrav, Bedil, Nizomiy Ganjaviylar shu tilda ijod qilgan. Buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiy dariy tilida yozgan sheʼrlaridan devon tuzgan ("Devoni Foniy")


Imtihon bloki: chet tili, ona tili va adabiyot

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
13 306 500 so'm / yillik
;