Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili
Bakalavr
Qabul mudati: 30 Sentabr 2024
Qashqadaryo viloyati
Yo'nalish haqida
Filalogiya va tillarni o'qitish (fransuz tili)
Filologiya - Filalogiya va tillarni o‘qitish gumanitar sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, chet tili (fransuz tili), tarjimashunoslik ishlarini, tarjima resurslaridan oqilona foydalangan holda, barcha taʼlim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni, yaʼni maktabgacha taʼlim, o‘rta taʼlim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida umumkasbiy mutaxassislikka oid fanlar hamda fransuz tili o‘qitish; xorijiy mamlakatlar bilan bog‘liq davlat va jamoat tashkilotlarida faoliyatini yuritish kabi kasbiy metod va uslublar majmuasini qamrab oladi.
Filologiya va tillarni o‘qitish taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va kechki taʼlim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha taʼlim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Imtixon bloki: Fransuz tili, Ona tili - Adabiyot.
Ta'lim tili: O'zbek tili
Kunduzgi ta’lim shakli davomiyligi — 4 yil.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 000 000 so'm / yillik