Filologiya va tillarni o‘qitish: fransuz tili

Andijon davlat chet tillari instituti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Andijon viloyati

Yo'nalish haqida

 Filologiya  — gumanitar fanlar — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, matnshunoslik, manbashunoslik, paleografiya va boshqa larning hamkorligidan tarkib topgan umumiy fan; yozma yodgorliklarni lisoniy va stilistik jihatdan taxlil etish orqali inson maʼnaviy madaniyatining tarixi va mohiyatini oʻrganadi. Oʻz ichki masalalari va tashqi aloqalari yigʻindisidan iborat boʻlgan matn filologiyaning mavjudligini belgilovchi ilk asos hisoblanadi. Asosiy diqqat eʼtiborni matnga qaratish, unga yordamchi sharxlar yaratish (filol. asarlarning eng qad. shakli) orqali filologiya ayni shu nuqtai nazar asosida inson turmushini, eng avvalo, maʼnaviy turmushini butun kengligi va teranligi bilan qamrab oladi. Filologiya yozuv madaniyati nisbatan yuksalgan davrda paydo boʻlgan.

 Fransuz tili — hindevropa tillari oilasining roman guruhiga mansub til; Fransiya, Fransiya Gvianasi, GaitiMonakoBeninBurkinaFasoGabonGvineya, Kongo Demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot d’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Qirolligi, Shveysariya Konfederatsiyasi, Kanada, Lyuksemburg, Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili hududlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 100 mln. kishidan, Fransiyaning oʻzida 57 mln. kishidan ortiqroq (oʻtgan asrning 90-yillari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri.

Kunduzgi ta’lim shakli 13 306 500 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi –4 yil .

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
13 306 500 so'm / yillik
;