Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz va rus tili
Xalqaro innovatsion universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Qashqadaryo viloyati
Yo'nalish haqida
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz va rus tili — bu ijtimoiy-gumanitar va pedagogik sohaga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u ingliz va rus tillarining tuzilishi, rivojlanishi hamda ularni o‘qitish metodikasini o‘rganadi. Ushbu soha har ikki tilning grammatikasi, fonetikasi, leksikasi va stilistikasini chuqur tahlil qiladi. Shuningdek, ingliz va rus tillaridagi adabiyot, madaniyat hamda til tarixini o‘rganishga alohida e’tibor qaratadi.
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz va rus tili bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Ingliz tili o‘qituvchisi — maktab, litsey va kollejda ingliz tilidan dars berish (pedagogik sertifikat bilan).
- Rus tili o‘qituvchisi — maktab, litsey va kollejda rus tilidan dars berish (pedagogik sertifikat bilan).
- Til markazi o‘qituvchisi — xususiy o‘quv markazlarida ingliz va rus tillarini o‘qitish.
- Tarjimon — yozma va og‘zaki tarjima bilan shug‘ullanish (qo‘shimcha malaka bilan).
- Filolog (tilshunos) — tilshunoslik va filologiya sohasida ilmiy yoki amaliy faoliyat olib borish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Chet tili, Ona tili va adabiyoti
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 13 800 000 so'm / yillik
