Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Qashqadaryo viloyati
Yo'nalish haqida
Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili — bu ijtimoiy-gumanitar va pedagogik sohaga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u nemis tilining tuzilishi, rivojlanishi va o‘qitish metodikasini o‘rganadi. Ushbu soha nemis tilining grammatikasi, fonetikasi, leksikasi va stilistikasini chuqur tahlil qiladi. Shuningdek, nemis tilidagi adabiyot, madaniyat va til tarixini o‘rganishga alohida e’tibor qaratadi.
Filologiya va tillarni o‘qitish: nemis tili bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Nemis tili o‘qituvchisi — maktab, litsey va kollejda nemis tilidan dars berish (pedagogik sertifikat bilan).
- Til markazi o‘qituvchisi — xususiy o‘quv markazlarida nemis tilini o‘qitish.
- Tarjimon — yozma va og‘zaki tarjima bilan shug‘ullanish (qo‘shimcha malaka bilan).
- Filolog (tilshunos) — tilshunoslik va filologiya sohasida ilmiy yoki amaliy faoliyat olib borish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Chet tili, Ona tili va adabiyoti
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 11 500 000 so'm / yillik
