Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 10 May - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining filologiya va tillarni o’qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi talabalarga o‘zbek tilini chuqur o‘rganish va uni o‘qitish bo‘yicha puxta bilim olish imkoniyatini taqdim etadi. Ushbu dastur orqali talabalar o‘zbek tilining lingvistik xususiyatlari, fonetika, grammatika, leksika va adabiyoti bilan tanishadilar, shuningdek, o‘zbek madaniyati va tarixini o‘rganadilar.
Dastur davomida talabalar o‘zbek tilini o‘rgatishning zamonaviy metodikalarini o‘zlashtiradilar va bu tilni o‘qitishda yuqori samaradorlikka erishish uchun zaruriy pedagogik ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Ushbu yo‘nalish talabalarga o‘zbek tilini ona til sifatida hamda xorijiy til sifatida o‘rgatishda yetakchi bo‘lish imkoniyatini beradi.
Filologiya va tillarni o‘qitish (O’zbek tili) ta’lim yo‘nalishi talabalarga o‘zbek tili va madaniyatini asrash va rivojlantirishga hissa qo‘shish imkoniyatini beradi. Ushbu yo‘nalishda olingan ta’lim talabalarni o‘zbek tili bo‘yicha malakali mutaxassis sifatida yetishtirib, ularning ta’lim, ilmiy-tadqiqot va madaniyat sohasida muvaffaqiyat qozonishlariga yordam beradi.
Kasbiy faoliyatlarning obyektlari
Davlat boshqaruvi organlari, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar, maktabgacha, umumiy o'rta va o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar)da filolog, pedagog (asosiy va ikkinchi til bo'yicha).
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 17 000 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 14 900 000 so'm / yillik
