Grafika: xattotlik va miniatyura
Milliy rassomlik va dizayn instituti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Xattotlik (arab. — husnixat yozuvchi), kalligrafiya — yozuv (xat) sanʼati, kitob koʻchirish hamda meʼmoriy inshootlar, badiiy buyumlarning kitobalirini yaratish kasbi. Yozuvning paydo boʻlishi natijasida yuzaga keldi. Ayniqsa, arab yozuvining keng tarqalishi tufayli X.ning rivojlanishi jadallashdi. Sharqda, jumladan, Oʻrta Osiyoda kitob bosish vujudga kelguniga qadar qoʻlyozma kitob tayyorlash, ularning nusxalarini koʻpaytirish (matn koʻchirish) bilan xattotlar shugʻullangan
Miniatyura — badiiy usullari oʻta nafis boʻlgan kichik hajmli (moʼjaz) tasviriy san'at asarlari. Oʻrta asr qoʻlyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis moʼjaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, magʻzi soxta (toshqogʻoz), metall, chinni, baʼzan maishiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va boshqalar)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtasvirga ham miniatyura atamasi qoʻllanadi
Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 12 627 170 so'm / yillik