Yo'nalish haqida
Professional ta’lim muassasalarining Hamshiralik ishi yo‘nalishida barcha yoshdagi insonlarga yordam ko‘rsatishda lozim bo‘lgan kasbiy vazifalarni bajarish uchun zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar o’rgatiladi.
Hamshiralik ishi kasbini egallagan bitiruvchilar qayerda ishlashlari mumkin bo'ladi:
- Barcha davolash-profilaktika muassasalarda, QVP (qishloq vrachlik punkti) larda, tuman tibbiyot birlashmalari, viloyat va Respublika tibbiyot muassasalarida; -Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning filialarida,ixtisoslashtirilgan ilmiy markazlarida, Ilmiy tekshirish instituti klinikalarida, tez tibbiy yordam stansiyalarida;
- Oilaviy poliklinikalar, fizioterapiya va reabilitatsiya bo’limlarida; -Ijtimoiy ta’minot muassasalarida, shifokor xonasida, muolaja, operatsiya, emlash va registratura xonalarida;
- Markazlashgan sterilizatsiya bo’limlarida;
- Fizioterapiya bo’limlarida aholi sog’liqni saqlash va bemorlarga yo’naltirilgan hamshirlik ishini amalga oshiradi, shuningdek parxez ovqatlanish, davolovchi jismoniy tarbiya va massaj hamshirasi, tibbiyot statisti sifatida faoliyat yuritadi.
O’qish muddati: 2 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 9 900 000 so'm / yillik