Mentalaba - <!-- -->Ikki diplomli bakalavriat | Mentalaba

Ikki diplomli bakalavriat

STARS International University

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Bunday dastur dunyoning hech qaysi universitetida yo‘q — na Yevropada, na AQShda, na Xitoyda. Bu imkoniyat faqat O‘zbekistonda bor. Faqat STARS University da.

 

Embedded Program nima

STARS Embedded Program — bu noyob biriktirilgan bakalavriat modeli bo‘lib, unda universitet dasturi ACCA (Association of Chartered Certified Accountants) xalqaro sertifikatsiyasi bilan integratsiya qilingan.

Bu dasturning analogi yo‘q: talabalar milliy bakalavr dasturini o‘qish bilan birga, Britaniyaning ACCA Advanced Diploma in Accounting and Business professional diplomini qo‘lga kiritadilar.

 

Natijada bitiruvchi birdaniga ikki diplom oladi — davlat namunasidagi bakalavr diplomi va xalqaro darajada 180 dan ortiq davlatda tan olingan Britaniya professional diplomi.

 

Yuridik asos va keskin ehtiyoj

Prezidentning PQ-4611 qaroriga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha yirik kompaniyalar, banklar, sug‘urta tashkilotlari va davlat korxonalari moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (MHXS) o‘tishi shart.

Buning uchun mamlakatga minglab xalqaro malakali mutaxassislar kerak — birinchi navbatda, ACCA diplomi bo‘lganlar.

 

ACCA rasmiy manbalarda tasdiqlaydiki: xalqaro standart bo‘yicha auditorlar, moliyachilar va buxgalterlar global yetishmovchilik bo‘layotgan XXI asrning eng katta chaqiruvlaridan biridir.

Bu tendensiya kamida 20–30 yil davom etadi.

 

Uchta tilda o‘qish — to‘liq moslashuvchanlik va noyob natija

STARS da talaba ta'lim tilini o‘zi tanlaydi: o‘zbek, rus yoki ingliz tili.

Bu boshqa barcha ACCA hamkorlaridan asosiy farqi: dunyo bo‘yicha bunday dasturlar faqat ingliz tilida olib boriladi.

Faqat STARS talabaga butun ta’lim jarayonini davlat tilida yoki rus tilida o‘tash va shu bilan birga xalqaro darajadagi Britaniya professional diplomini olish imkonini beradi.

 

Bu talabalar va ota-onalar uchun qulaylik va ochiqlik yaratadi — til to‘siqlarisiz, ortiqcha tayyorgarlikka va xarajatlarga hojat yo‘q.

 

Dastur qanday ishlaydi: qadam-baqadam

1–2 kurs: talabalar bakalavriatning asosiy fanlarini o‘zlashtiradi va xalqaro hisobot va moliya bo‘yicha ACCA asosiy modullarini boshlaydi.

3 kurs: ACCAning yetti imtihonidan avtomatik ozodlik (exemptions) olishadi.

3–4 kurs: faqat F7, F8 va etika topshiriladi — va ACCA Advanced Diploma in Accounting and Business qo‘lga kiritiladi.

Butun jarayon ACCA Tutors tomonidan to‘liq kuzatiladi, asosiy bakalavriatdan ajralmagan holda olib boriladi.

Barcha imtihonlar STARS kampusida topshiriladi, chet elga chiqishga hojat yo'q.

 

Qilingan sarmoyaning kafolatlangan qaytishi

ACCA bilan bog‘liq xarajatlarning taxminan 90 foizi universitet tomonidan qoplanadi.

Bu talabaga mustaqil ro‘yxatdan o‘tish va barcha jarayonlarni o‘z hisobidan amalga oshirish bilan solishtirganda 30 million so‘mgacha tejash imkonini beradi.

Talaba asosiy imtihonlarni birinchi urinishda topshirsa, xarajatlar to‘liq yoki qisman qaytariladi.

 

Embedded Program boshqa shakllardan nimasi bilan farq qiladi

Bu oddiy bakalavriat emas — unga to‘liq xalqaro professional yo‘nalish kiritilgan.

Bu oddiy ikki diplomli ta’lim emas — talaba bir vaqtning o‘zida real ACCA professional diplomini universitet diplomi bilan birga oladi.

Bu yangi kadr tayyorlash modeli: bir diplomni davlat beradi, ikkinchisini esa xalqaro professional assotsiatsiya.

 

Qo‘shimcha imkoniyatlar

Dastur tarkibida amaliy modullar ham bor: SAP, 1C, Microsoft Office Specialist.

Talabalar ACCA global platformasidan foydalana olishadi, murabbiylik va karyera bo‘yicha maslahatlar olishadi.

Embedded Program bitiruvchilari davlat, korporativ sektor, banklar va xalqaro auditorlik guruhlari uchun tayyor kadr zaxirasidir.

 

Dastur kimlar uchun

Moliyachi, auditor, menejer yoki tadbirkor bo‘lishni istagan maktab bitiruvchilari va litsey bitiruvchilari uchun.

Natijasi kafolatlangan, ortiqcha xarajatlarsiz xalqaro darajadagi ta’limni xohlaydigan ota-onalar va investorlar uchun.

MHXS bo‘yicha tayyor kadrlarni istagan ish beruvchilar uchun — qo‘shimcha o‘qitish va vaqt yo‘qotmasdan.

 

STARS Embedded — shunchaki diplomdan ko‘proq

 

Bu dastur milliy ta’lim tizimi va global biznes o‘rtasidagi strategik ko‘prikdir.

STARS University moliya, audit, MHXS, IT va boshqaruv konsaltingi kabi asosiy sohalar uchun mutaxassislar qatlamini tayyorlaydi.

 

Bu birinchi holat bo‘lib, talaba o‘zbek (yoki rus) tilida o‘qib, shu bilan birga chet elga chiqmasdan, til to‘siqlarisiz Britaniya professional diplomini xalqaro maqomda olishi mumkin.

 

STARS Embedded Program — bu oddiy muqobil yo‘l emas. Bu o‘z yurtida qolib, butun dunyoda raqobatbardosh bo‘lishni istaganlar uchun yagona yo‘ldir.

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi
21 000 000 so'm / yillik
;