Ingliz tilini o‘qitish
Bakalavr
Qabul mudati: 20 May - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Ingliz tilini o‘qitish — bu ingliz tilini zamonaviy metodika va pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatishga qaratilgan yo‘nalishdir. Ushbu soha til o‘qitish metodikasi, lingvistika, tarjima asoslari, ingliz tili grammatikasi, fonetikasi hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘z ichiga oladi.
Talabalar o‘qish jarayonida ingliz tili grammatikasi, yozish, o‘qish, tinglab tushunish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, til o‘qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya bo‘yicha bilim hamda amaliy tajribaga ega bo‘ladilar. Dastur CELTA asosidagi metodologiya va zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali professional ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashga qaratilgan.
Ingliz tilini o‘qitish bakalavriatini tugatgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashlari mumkin:
- Ingliz tili o‘qituvchisi (English Teacher) — maktab, litsey, kollej va o‘quv markazlarida ingliz tilini o‘qitish.
- Tarjimon (Translator) — yozma va og‘zaki tarjima faoliyati bilan shug‘ullanish.
- IELTS / CEFR instruktori (IELTS / CEFR Instructor) — xalqaro til imtihonlariga tayyorlash.
- Metodist (Methodologist) — ingliz tili o‘qitish metodikasini ishlab chiqish va takomillashtirish.
- Kontent yaratuvchi (Content Creator) — ingliz tilidagi ta’limiy materiallar va media kontent yaratish.
- Xalqaro aloqalar mutaxassisi (International Relations Specialist) — xalqaro tashkilotlar va kompaniyalarda faoliyat yuritish.
- Turizm va gidlik sohasi mutaxassisi (Tourism and Guiding Specialist) — turizm va mehmonxona sohasida ishlash.
Va boshqa tegishli kasblarda ishlashi mumkin!
Ta’lim tili: Ingliz tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 28 000 000 so'm / yillik
