Iqtisodiyot
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) — «Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborotga mansub fanlar» ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassassalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish- iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:
— tashkiliy-boshqaruv
— ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish:
— axborot-tahliliy faoliyati;
— ilmiy-tadqiqot faoliyati;
— tadbirkorlik.
Qabul kvota :
Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 600 ta
Kirish imtihonlari :
Matematika – 3,1 ball (30ta savol)
Ingliz tili –2,1ball (30 ta savol)
Ta'lim tili: O'zbek, rus va ingliz tili.
O'qish davomiyligi :
Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 4 yil
Iqtisodiyot sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarga qancha ish haqi to‘lanishi haqida: o'rtacha 5.500.000 dan 11.500.000 so'mgacha va undan yuqori.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 17 000 000 so'm / yillik
- Kechki
- 14 900 000 so'm / yillik
