Iqtisodiyot

Diplomat University

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Sentabr 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Fakultet eng murakkab moliyaviy va iqtisodiy muammolarni muvaffaqiyatli va tezda hal qila oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi. Moliya va biznesni boshqarish, muzokaralar olib borish va nizolarni hal etish bo‘yicha tadqiqotlar davomida o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar universitet bitiruvchilariga iqtisodiyotning har qanday sohasida doimo talabga ega bo‘lish imkonini beradi.

U turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xoʻjalik yurituvchi subyektlari, moliya, sugʻurta, birja, baholash muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish – iqtisodiy va tahlil xizmatlarini oʻz ichiga oladi.


Kirish imtihonlarida eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan abituriyentlar uchun davlat grantlari. 

  • Ajratilgan joylar soni: 5 ta

Shuningdek, universitet grantlari ham mavjud. Bular universitet hayotida faol ishtirok etgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan, iqtidorli va tashabbuskor talabalarga beriladi.


Imtihon bloklari:

  • Matematika – 3 ball (20 ta savol)
  • Ingliz tili – 2 ball (20 ta savol)


Xo‘sh, iqtisodiyot sohasi bo‘yicha mutaxassislikka ega kadrlar qaysi sohalarda ishlaydi? Marhamat, bu bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin:

— Menejment;

— Marketing;

— Moliya;

— Bank ishi;

— Sug‘urta ishi;

— Soliq va soliqqa tortish;

— Buxgalteriya hisobi va audit;

— Pensiya ishi va boshqalar.


Imtihon bloklari: Matematika va ingliz tili.


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili
Kunduzgi
24 000 000 so'm / yillik
Sirtqi
18 000 000 so'm / yillik
;