Mentalaba - <!-- -->Iqtisodiyot | Mentalaba

Iqtisodiyot

Tashkent International University

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Iqtisodiyot — bu iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, boshqarish va rivojlantirishga qaratilgan ta'lim yo‘nalishidir. Ushbu dastur talabalarga iqtisodiyotning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatadi, shuningdek, iqtisodiy tahlil, boshqaruv va qaror qabul qilishda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantiradi. Iqtisodiyot bakalavriat dasturi

talabalarni milliy va global iqtisodiy tizimlarni tushunishga, moliya, biznes, marketing, va davlat siyosatini samarali boshqarishga tayyorlaydi.

Iqtisodiyot bakalavriat dasturi bitiruvchilari quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:

  • Iqtisodchi — iqtisodiy tahlil, tadqiqotlar olib borish, iqtisodiy strategiyalarni ishlab chiqish.
  • Moliyaviy tahlilchi — korxona yoki davlatning moliyaviy holatini tahlil qilish, investitsiya va moliyaviy rejalashtirish.
  • Marketing mutaxassisi — bozordagi talabni o‘rganish, marketing strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
  • Xalqaro iqtisodiyot bo‘yicha mutaxassis — global iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish, xalqaro savdo va investitsiyalarni boshqarish.
  • Boshqaruv mutaxassisi — tashkilotlarning iqtisodiy faoliyatini boshqarish, samarali qarorlar qabul qilish.
  • Davlat iqtisodchisi — davlat byudjeti, iqtisodiy siyosat va ijtimoiy rivojlanish sohalarida ishlash.
  • Konsultant — iqtisodiy masalalarda maslahat berish, kompaniyalar va tashkilotlarga strategik rejalashtirishda yordam ko‘rsatish.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!

 

Imtihon fanlari: Matematika, Chet tili

 

Ta’lim tili: O‘zbek tili, Rus tili

 

Ta’lim shakli: Kunduzgi, Masofaviy

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Rus
Kunduzgi - O'zbek tili
19 000 000 so'm / yillik
Kunduzgi - Rus tili
19 000 000 so'm / yillik
Masofaviy - O'zbek tili
15 000 000 so'm / yillik
Masofaviy - Rus tili
15 000 000 so'm / yillik
;