Yo'nalish haqida
Iqtisodiyot (sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha) – bu moddiy va nomoddiy tovarlarni ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini o‘rganadigan keng ta’lim sohasidir. Iqtisodiyot ta’lim dasturi doirasida talabalar mikro va makroiqtisodiyot, iqtisodiy rivojlanish nazariyasi, moliyaviy faoliyat, bozor tahlili va iqtisodiy boshqaruv bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘rganadilar.
Iqtisodiyot mutaxassisliklari turli sohalarda, jumladan moliyaviy institutlar, savdo, sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, davlat sektori va boshqa yo‘nalishlarda ishlashi mumkin. Har bir talaba kasbiy yo‘nalish bo‘yicha muayyan bir xizmat ko‘rsatish sohasida tor mutaxassislikni tanlashi mumkin, bu esa ularning bilimlarini mehnat bozorining aynan ma’lum bir ehtiyojlariga moslashtirishga yordam beradi.
Agar siz ushbu yo‘nalishga qiziqsangiz, biz sizga EMU Universityning Iqtisodiyot (sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha) fakultetida o‘qishni taklif qilamiz.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 15 000 000 so'm / yillik
