Mentalaba - <!-- -->Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) | Mentalaba

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2025

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari


  • davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar;
  • iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilot, korxona va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari;
  • iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida vaziyatli va tizimli yondoshuv tamoyillarini tatbiq etish, davlat va mahalliy boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonlari;
  • tashkilot va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalami optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari;
  • firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalami boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatni ta’minlash;
  • ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari.
  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan keyin, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Bakalavriatning kasb ta’limi yo‘nalishlari bundan mustasno.


Kvalifikatsiya : iqtisodchi

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek, Rus
Kunduzgi
10 500 000 so'm / yillik
Masofaviy
10 500 000 so'm / yillik
;