Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 30 Sentabr 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) — «Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborotga mansub fanlar» ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari, moliya, kredit va sug‘urta muassassalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish- iqtisodiy va tahlil xizmatlarini o‘z ichiga oladi.

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha) ta’lim yo‘nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:

— tashkiliy-boshqaruv

— ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish:

— axborot-tahliliy faoliyati;

— ilmiy-tadqiqot faoliyati;

— tadbirkorlik.


Qabul kvota : 

Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 400 ta

Sirtqi ta'lim shakli uchun : 400 ta



Kirish imtihonlari : 

Matematika – 3,1 ball (30ta savol)

Ingliz tili –2,1ball (30 ta savol)



Ta'lim tili: O'zbek, rus va ingliz tili.



O'qish davomiyligi : 

Kunduzgi ta'lim shakli uchun : 4 yil

Sirtqi ta'lim shakli uchun : 5 yil


Iqtisodiyot sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarga qancha ish haqi to‘lanishi haqida: o'rtacha 5.500.000 dan 11.500.000 so'mgacha va undan yuqori.


1- Kurs uchun 1 avgustgacha 20%gacha chegirma


Sirtqi ta'lim Chegirma bilan 10 200 000 so'm

Kunduzgi ta'lim chegirma bilan 13 600 000 so'm


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili
Kunduzgi
17 000 000 so'm / yillik
Sirtqi
12 000 000 so'm / yillik
;