Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

Xalqaro TMC instituti

Bakalavr

Qabul mudati: 15 Oktabr 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Iqtisodiyot (Tarmoqlar va soxalar bo'yicha) - bu ishlab chiqarish, taqsimlash va savdo, shuningdek, tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilish sohasini oʻrganish sohasi. Umuman olganda, u tanqis resurslarni ishlab chiqarish, ishlatish va boshqarish bilan bogʻliq amaliyotlar, nutqlar va moddiy ifodalarni taʼkidlaydigan ijtimoiy soha sifatida belgilanadi.


U turli mulk shakllariga tegishli tarmoq, sohalarning xoʻjalik yurituvchi subyektlari, moliya, sugʻurta, birja, baholash muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalarning iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish – iqtisodiy va tahlil xizmatlarini oʻz ichiga oladi.


Xo‘sh, iqtisodiyot sohasi bo‘yicha mutaxassislikka ega kadrlar qaysi sohalarda ishlaydi? Marhamat, bu bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin:

— Menejment;

— Marketing;

— Moliya;

— Bank ishi;

— Sug‘urta ishi;

— Soliq va soliqqa tortish;

— Buxgalteriya hisobi va audit;

— Pensiya ishi va boshqalar.


Iqtisodiyot sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarga qancha ish haqi to‘lanishi haqida: o'rtacha 1.500.000 dan 7.500.000 so'mgacha va undan yuqori.


Universitetga qabul qilinish talabalari: Kirish imtihonlari uchun berilgan fanlardan imtohonda qatnashib o'tish ballarini to'plash talab etiladi.

Iqtisodiyot – 3,1 ball (30ta test)

Ona tili va adabiyot – 2,1 ball (30 ta test)

Ingliz tili – 1,1 ball (30 ta test)


O'qish davomiyligi :

Kunduzgi shakli uchun : 4 yil

Sirtqi shakli uchun : 5 yil


O'tish ball - 60

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
18 000 000 so'm / yillik
Sirtqi
12 000 000 so'm / yillik
;