Mentalaba - <!-- -->Issiqlik energetikasi | Mentalaba

Issiqlik energetikasi

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Samarqand viloyati

Yo'nalish haqida

Issiqlik energetikasi Ushbu yo‘nalishda talabalar energiya manbalari, issiqlik jarayonlari, termodinamik tizimlar va energiya samaradorligini o‘rganadilar. Shuningdek, elektr stansiyalari, issiqlik mashinalari, turbinalar va energiya uzatish tizimlari bilan ishlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar. Talabalar energiya ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalash, texnik nosozliklarni aniqlash, ekologik va iqtisodiy jihatlarni hisobga olgan holda energiya tizimlarini optimallashtirish, hamda muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.


Qayerlarda ishlash mumkin?

-Elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari

-Energetika kompaniyalari va xizmat ko‘rsatish firmalari

-Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqaruvchi korxonalar (solar, geotermal, biomassa)

-Turbina va issiqlik uskunalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar

-Energetika va issiqlik tizimlarini loyihalash va texnik xizmat ko‘rsatish firmalari

-Davlat va nodavlat energiya va resurslarni boshqarish idoralari

-Laboratoriyalar va ilmiy-tadqiqot markazlari


Imtihon bloki: Biologiya, Kimyo


Ta'lim muddati davomiylig: 4 yil



Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi - Ingliz tili
45 773 560 so'm / yillik
;