Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari
- tashqi savdo va tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi davlat tashkilotlari;
- tashqi iqtisodiy faoliyat yani eksport yoki import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat va nodavlal mulkchilik shaklidagi korxonalar;
- xorijiy investisiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalar;
- korxona va tashkilotlardagi tashqi iqtisodiy faoliyat tuzilmalari va xizmatlari;
- oliy talim muassasalaridagi jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar talim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlavdigan bo‘limlar;
- jahon iqtisodiyoti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar va tashqi iqtisodiy faoliyat muammolarini o‘rganadigan tadqiqot markazlari;
- jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan keyin professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. Bakalavriatning kasb ta’limi yo‘nalishlari bundan mustasno.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Rus tili
- Kunduzgi
- 15 344 490 so'm / yillik
- Sirtqi
- 15 344 490 so'm / yillik