Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Xorazm viloyati
Yo'nalish haqida
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo’nalishida xo‘jalik jamiyatining barcha jabhalarida integratsiya va globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan bir davrda jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi asosiy rivojlanish tendentsiya va yo‘nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning umumiy rivojlanish xususiyati o‘zgarib borayotgan bir davrda O‘zbekiston Respublikasi ham jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalardagi hamkorliklar rivojlanmoqda. Xususan, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini o‘rganish, shuningdek bozor iqtisodiyotining rivojlanishidagi yutuq-kamchiliklari, rivojlanish muammolarini hal etishdagi to‘g‘ri yondashuvlar bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tib borayotgan Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar darajasiga olib chiqishda tajriba sifatidagi ushbu yo’nalishning ahamiyati kattadir.
Imtihon bloki: Matematika, chet tili
Ta'lim tili: o'zbek
Kunduzgi ta’lim shakli: 9 809 260 so‘m.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 9 809 260 so'm / yillik