Yo'nalish haqida
Jurnalistika — bu ijtimoiy-gumanitar va axborot-kommunikatsiya sohasiga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u jamiyatda axborotni yig‘ish, tahlil qilish, qayta ishlash va ommaga yetkazish jarayonlarini o‘rganadi. Ushbu soha matbuot, televideniye, radio, internet OAV va raqamli platformalarda ishlash tamoyillari, jurnalistik janrlar (xabar, reportaj, intervyu, maqola, tahlil), ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi roli hamda axborot etikasi va qonunchiligini o‘rganishga qaratilgan.
Jurnalistika bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Jurnalist — gazeta, jurnal, internet nashrlarda materiallar tayyorlash
- Telejurnalist — televideniyeda reportaj, intervyu va ko‘rsatuvlar olib borish
- Radiojurnalist —radio dasturlarini tayyorlash va olib borish
- Muharrir (redaktor) — matnlarni tahrirlash va nazorat qilish
- Muxbir (korrespondent) — voqea-hodisalarni yoritish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Ona tili va adabiyoti, Chet tili
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi, Kechki
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 18 000 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 16 000 000 so'm / yillik
