Jurnalistika: teleradio jurnalistikasi
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 25 Iyun 2024
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Teleradio jurnalistikasi
Zamonaviy tendensiyalar asosida sohadagi an’analarni davom ettirish, malakali kadrlarni tarbiyalab, raqobatbardoshlikni oshirish ustivor maqsad va muhim masaladir. Shu maqsadda talabalarga “Boshlovchi nutq texnikasi va mahorati”, “Rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti”, “Interaktiv teleradiojurnalistika”, “Teleradio jurnalistika tizimi”, “Jonli efirda ishlash mahorati”, “Teleradiokanallarning internetdagi faoliyati”, “ Yangiliklar dasturini tayyorlash”, “Rekreativ teleradiojurnalistika”, “Jurnalistika sohasida prodyesserlik”, “Jurnalistikaning yangi trendlari”, “Zamonaviy xalqaro televideniya”, “Ssenariy yozish mahorati”,“Madaniyatlararo muloqot”, “Ijodiy psixologiya asoslari”, “ Xalqaro global kommunikatsiya” kabi fanlari bo‘yicha ta’lim beriladi.Talabalar ta’lim olish bilan birga turli ommaviy axborot vositalarida, xususan, “O‘zbekiston”, “Mening yurtim”, “Sevimli”, “Dunyo bo‘ylab”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallari, “Darakchi”, “Yoshlar ovozi” gazetalarida amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili, Rus tili
- Kunduzgi
- 7 400 000 so'm / yillik
- Sirtqi
- 8 623 000 so'm / yillik
- Kechki
- 8 623 000 so'm / yillik