Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha)
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha) — bu yer resurslarini, mulkni va hududlarni davlat tomonidan rasmiy hisobga olish, ularni ro‘yxatga olish va nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi soha. Kadastrning asosiy vazifasi yer va boshqa mulk turlari bo‘yicha hujjatlarni to‘plash, ularni tartibga solish, mulkni o‘zlashtirish va foydalanish bilan bog‘liq huquqiy masalalarni hal qilishdir. Bu soha yer usti, yer osti, suvlarga oid barcha obyektlarni hisobga olish va ularga tegishli texnik va huquqiy ma'lumotlarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.
Kadastr bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Kadastr mutaxassisi — yer va mulk turlarini ro‘yxatga olish, mulk huquqlarini tekshirish va nazorat qilish.
- Yer mutaxassisi — yer resurslarini boshqarish, yerni taqsimlash va foydalanish masalalarida maslahatlar berish.
- Geodezist — yer va ob'ektlarning aniq joylashuvini o‘rganish, xaritalar va rejalarning tayyorlanishi.
- Topograf — yerning geodezik xaritalarini ishlab chiqish, hududni tahlil qilish.
- Kadastr nazoratchisi — mulk va yer resurslarini qonuniy ravishda nazorat qilish va qonun buzilishlarini aniqlash.
- Mulk huquqi bo‘yicha mutaxassis — mulk huquqlarini ro‘yxatga olish, ularning qonuniyligini tasdiqlash va huquqiy maslahatlar berish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Matematika, Fizika
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 19 500 000 so'm / yillik
