Kiberxavfsizlik
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Kiberxavfsizlik (Cybersecurity) — bu axborot texnologiyalari va muhandislik sohasiga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u kompyuter tizimlari, tarmoqlar va ma’lumotlarni himoya qilish, xavfsizlikni ta’minlash va kiberxavfsizlik tahdidlarini aniqlash jarayonlarini o‘rganadi.
Ushbu soha: kiberxavfsizlik siyosatlari, tarmoq xavfsizligi, shifrlash va kriptografiya, tahdidlarga qarshi kurash texnologiyalari, xavfsizlik testlash (penetratsion testlar) va xavfsizlik auditlarini, shuningdek, axborot xavfsizligi va etikasi masalalarini qamrab oladi.
Kiberxavfsizlik bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Kiberxavfsizlik mutaxassisi (Cybersecurity Analyst / Specialist) — tarmoqlar va tizimlar xavfsizligini nazorat qilish va himoya qilish
- Tizimlarni sinovdan o‘tkazuvchi / Axloqiy xaker (Penetration Tester / Ethical Hacker) — tizimlarni testlash va xavfsizlik zaifliklarini aniqlash
- Kriptografiya muhandisi (Cryptography Engineer) — ma’lumotlarni shifrlash va himoya qilish texnologiyalarini ishlab chiqish
- Xavfsizlik auditor (Security Auditor) — xavfsizlik siyosati va tizimlarni tekshirish
- Kiberhujumlarga javob beruvchi mutaxassis (Incident Response Specialist) — kiberhujumlarni aniqlash va ularga javob berish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Matematika, Fizika
Ta’lim tili: O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 37 900 000 so'm / yillik
