Kiberxavfsizlik | Mentalaba

Kiberxavfsizlik

Toshkentdagi Amerika Texnologiya Universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 21 Fevral - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Kiberxavfsizlik — bu kompyuter tizimlarini, tarmoqlarni va ma'lumotlarni turli xavf-xatarlardan himoya qilish, masalan, xakerlik hujumlari, viruslar, ma'lumot o'g'irliklari va boshqa kiberxavf-xatarlardan himoya qilish bilan shug'ullanuvchi soha. Ushbu soha, himoya strategiyalarini ishlab chiqish, tarmoq xavfsizligini monitoring qilish, xavflarni tahlil qilish va hujumlarni oldini olish usullarini o'rganishni o'z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik shaxsiy, korporativ va davlat ma'lumotlarini mumkin bo'lgan hujumlar va ma'lumotlar oqishi kabi xavflardan himoya qilishda muhim rol o'ynaydi.


Kiberxavfsizlik bakalavriatini tugatgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashlari mumkin:

  • Kiberxavfsizlik mutaxassisi (Cybersecurity Specialist) — kompyuter tizimlari va tarmoqlarini kiberxavf-xatarlardan himoya qilish.
  • Ma'lumotlarni xavfsizligi tahlilchisi (Information Security Analyst) — tizimlardagi xavflarni tahlil qilish va zaifliklarni aniqlash.
  • Ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha ekspert (Data Protection Expert) — maxfiy ma'lumotlarni himoya qilish metodlarini ishlab chiqish va joriy etish.
  • Xavfsizlik administrator (Security Administrator) — xavfsizlik tizimlari, xavfsizlik devorlari va antiviruslarni boshqarish.
  • Kiberxavfsizlik maslahatchisi (Cybersecurity Consultant) — kompaniyalarga ma'lumotlar himoyasi va tarmoq xavfsizligi bo'yicha maslahatlar berish.
  • Etik xaker (Ethical Hacker) — tizimlarda zaifliklarni aniqlash maqsadida xavfsizlikni sinovdan o'tkazish.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Imtihon fanlari: Matematika, Fizika


Ta’lim tili: Ingliz tili


Ta’lim shakli: Kunduzgi


Ta’lim muddati: 4 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi - Ingliz tili
49 280 000 so'm / yillik