Yo'nalish haqida
Kimyo (turlari bo‘yicha) – bu kimyoning sanoatdan tortib laborator-diagnostikagacha bo‘lgan turli sohalarini o‘z ichiga olgan ta’lim sohasidir.
Aksariyat abituriyentlar aynan shu ta’lim yo‘nalishini tanlaydilar, chunki kelajakda ular professional Ximik sifatida nafaqat tibbiyot muassasalarida, balki fabrika va zavodlarda, shuningdek, ta’lim sohasida ham o‘z ko‘nikmalarini qo‘llashlari mumkin bo‘ladi.
Ta’lim dasturiga quyidagi ko‘plab jihatlar kiradi:
– Organik va noorganik kimyo,
– Kompleks birikmalar kimyosi,
– Farmatsevtik kimyo va dori vositalari kimyosi,
– Kristallar kimyosi,
– Talabalarga kimyoning ilmiy asoslarini tarixiy ma’lumotlar asosida o‘rgatish va amaliyotda qo‘llash,
– Talabalarda kristallar simmetriyasi, kristall panjaralar turlari, kristallardagi kimyoviy bog‘lar tabiati haqidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Bizning universitetimizda siz o‘zingiz uchun ustoz bo‘la oladigan va sizni Kimyo olamiga katta salohiyat bilan olib kiradigan yuqori malakali o‘qituvchilarni topasiz.
EMU Universityda Kimyo (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi 4 yil davom etadi. Dasturni tugatgandan so‘ng, talabalar Kimyo sohasida davlat namunasidagi bakalavr diplomiga ega bo‘ladilar.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 11 900 000 so'm / yillik