Mentalaba - <!-- -->Kimyo muhandisligi | Mentalaba

Kimyo muhandisligi

Samarqand xalqaro texnologiya universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Samarqand viloyati

Yo'nalish haqida

Kimyo muhandisligi yo‘nalishida talabalar kimyoviy jarayonlarning qanday ishlashini, moddalar tarkibi va ularning reaksiyalarini chuqur o‘rganadilar. Turli kimyoviy mahsulotlar — dori-darmonlar, plastmassalar, o‘g‘itlar, yoqilg‘i, kosmetika va boshqa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishadilar. Shuningdek, kimyoviy zavodlarni loyihalash, reaktorlar va uskunalar bilan ishlash, xavfsizlik qoidalari, ekologik nazorat, energiya samaradorligi va sanoat jarayonlarini optimallashtirish o‘rgatiladi. Talabalar laboratoriya tajribalari, sanoat jarayonlarini modellash va muammolarni hal qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.


Qayerlarda ishlash mumkin?

-Kimyo sanoati (o‘g‘itlar, plastmassa, kimyoviy reagentlar ishlab chiqarish)

-Farmatsevtika korxonalari (dori-darmon va tibbiy mahsulotlar ishlab chiqarish)

-Neft-gaz va neftni qayta ishlash zavodlari

-Oziq-ovqat sanoati (ichimliklar, konserva, qo‘shimchalar ishlab chiqarish)

-Kosmetika va gigiyena mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar

-Metallurgiya va materialshunoslik korxonalari

-Ekologiya va sanoat xavfsizligi tashkilotlari

-Laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot markazlari va texnologik loyihalash kompaniyalari


Imtihon bloki: Kimyo, Matematika


Ta'lim muddati davomiyligi: 4 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi - Ingliz tili
45 773 560 so'm / yillik
;