Komputer fanlari va IT (Xalqaro)
International Digital University
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Kompyuter fanlari va IT
Nimalar o‘rganiladi:
Ushbu yo‘nalishda talabalar dasturlash, algoritmlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlar, ma’lumotlar bazalari bilan ishlashni o‘rganadilar. Shuningdek, sun’iy intellekt, bulutli hisoblash, kiberxavfsizlik va IT loyihalarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar beriladi.
Kim bo‘lib ishlash mumkin:
Bitiruvchilar dasturchi, IT muhandisi, ma’lumotlar bazasi mutaxassisi, tarmoq va tizim administrator, IT loyihalar menejeri yoki sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik mutaxassisi sifatida ishlay oladilar.
Qayerlarda ishlash mumkin:
IT kompaniyalar, bank va moliya sektoridagi IT bo‘limlari, davlat va xususiy tashkilotlarda IT bo‘limlari, startaplar, tadqiqot markazlari va universitetlarda ish topish mumkin.
Qabul kvotasi: 50
Imtihon bloki: Matematika, Fizika
Ta'lim muddati davomiyligi: 4 yil
Grant:
Ikkala fandan ham 60 balldan ortiq to’plagan talabaga universitet tomonidan 90% gacha grant ajratiladi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 35 000 000 so'm / yillik
