Kompyuter grafikasi va dizayn
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Kompyuter grafikasi va dizayn (Computer Graphics and Design) — bu axborot texnologiyalari va dizayn sohasiga kiruvchi yo‘nalish bo‘lib, u raqamli grafikalar, 2D va 3D modellashtirish, animatsiya, vizual effektlar, foydalanuvchi interfeyslari va dizayn loyihalarini yaratish jarayonlarini o‘rganadi.
Ushbu soha: grafik dasturlar bilan ishlash (Adobe Photoshop, Illustrator, CorelDRAW, Blender, 3ds Max va boshqalar), 2D va 3D modellashtirish, animatsiya va vizual effektlar, veb va mobil dizayn (UI/UX), interaktiv dizayn, brending va vizual kommunikatsiyani qamrab oladi.
Kompyuter grafikasi va dizayn bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Graphic Designer (Grafik dizayner) — turli vizual materiallar va reklama materiallarini yaratish
- UI/UX Designer (Foydalanuvchi interfeysi dizayneri) — veb-sayt va mobil ilovalarning dizayni va interfeysini loyihalash
- 3D Modeler / Animator (3D modellashtiruvchi / Animator) — 3D ob’ektlar va animatsiyalar yaratish
- Multimedia Designer (Multimedia dizayner) — interaktiv prezentatsiyalar, video va animatsiya ishlari
- Web Designer / Front-end Designer (Veb-dizayner / Front-end dizayner) — veb-sayt va onlayn mahsulot dizaynini ishlab chiqish
- Illustrator / Digital Artist (Raqamli rassom / Illustrator) — raqamli san’at va vizual tasvirlar yaratish
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Matematika, Fizika
Ta’lim tili:O‘zbek tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 37 900 000 so'm / yillik
