Kompyuter Ilmlari (Computer Science)
Toshkentdagi Amerika Texnologiya Universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Mart - 31 Avgust 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
AUTdagi ushbu dastur Arizona State University o‘quv dasturiga mos tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, kompyuter fanlari, dasturlash, ma’lumotlar tuzilmalari, algoritmlar, shuningdek, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish kabi ilg‘or yo‘nalishlar bo‘yicha keng qamrovli bilim beradi.
Dastur bitiruvchilari sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, robototexnika, ma’lumotlar bazasi tizimlari va tarmoq texnologiyalari kabi sohalarda muvaffaqiyatga erishib, O‘zbekiston va xalqaro miqyosdagi texnologik innovatsiyalarga hissa qo‘shadi.
Ushbu dastur talabalari global miqyosda talab yuqori bo‘lgan universal ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Bu esa ularga turli yo‘nalishlarda keng karyera imkoniyatlarini ochib beradi, jumladan:
- Dasturchi / tizim arxitektori
- Ma’lumotlar bo‘yicha mutaxassis / mashinaviy o‘qitish muhandisi
- Kiberxavfsizlik tahlilchisi / tarmoq xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis
- IT loyiha menejeri
- Veb va mobil ilovalar ishlab chiquvchisi
- Sun’iy intellekt va grafika tizimlari ishlab chiquvchisi
- Ma’lumotlarni boshqarish va analitika bo‘yicha mutaxassis
Imtihon fanlari: Matematika, ingliz tili
Ta’lim tili: Ingliz tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim muddati: 4 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 49 280 000 so'm / yillik
