Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 30 Avgust 2024

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari


Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari - Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilim sohasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, u fanning turli tarmoqlarida kompyuter texnologiyalarini qo‘llashning talablariga va amaliy faoliyatning turli sohalariga axborot texnologiyalarining kirib borishini o‘rganish, soha istiqbolini belgilash, kasbiy ko‘nikmaga, umumiy o‘rta va maxsus kasb-hunar taʼlimi, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining bilim vositalari, usullari va uslublari majmuasini qamrab oladi.


Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi, kechki va sirtqi taʼlim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha taʼlim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.


Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili, Rus tili
Talablar
Kunduzgi
20 000 000 So'm/yillik
Sirtqi
15 000 000 So'm/yillik
Kechki
18 000 000 So'm/yillik