Kompyuter injiniringi
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Jizzax viloyati
Yo'nalish haqida
Kompyuter injiniringi yo‘nalishida talabalar kompyuter tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish va texnik nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar. Ular kompyuter apparatlari, mikroprotsessorlar, tarmoqlar, kiberxavfsizlik, robototexnika va dasturiy ta’minot integratsiyasi bo‘yicha ko‘nikmalarni o‘rganadilar.
Talabalar tizimlarni optimallashtirish, texnik diagnostika, avtomatlashtirilgan jarayonlar, server va ma’lumotlar markazlarini boshqarish, shuningdek, innovatsion IT-layihalarni yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Qayerlarda ishlash mumkin?
- Kompyuter va texnologik kompaniyalar
- IT konsalting va texnologik xizmat ko‘rsatish firmalari
- Bank va moliya tashkilotlari – IT va tizimlar bo‘limlari
- Telekom va internet xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar
- Robototexnika va avtomatlashtirish kompaniyalari
- Kiberxavfsizlik va serverlarni boshqarish bo‘limlari
- Startaplar va innovatsion texnologik loyihalar
Imtihon bloki: Matematika, Fizika
Ta'lim muddati davomiyligi: 4 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Ingliz
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 17 000 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 17 000 000 so'm / yillik
