Mentalaba - <!-- -->Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”) | Mentalaba

Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”)

Oriental universiteti

Magistr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Magistratura: Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini loyihalash”, “Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash”, “Axborot va multimedia texnologiyalari”) — bu texnika va axborot texnologiyalari sohasiga kiruvchi ilmiy-amaliy yo‘nalish bo‘lib, u zamonaviy kompyuter tizimlari va dasturiy ta’minotni loyihalash, ishlab chiqish hamda joriy etish masalalarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda kompyuter arxitekturasi, operatsion tizimlar, dasturiy injiniring, ma’lumotlar bazalari, tarmoqlar, axborot xavfsizligi, multimedia va veb-texnologiyalar o‘rganiladi.

Mazkur magistratura dasturi talabalarga kompyuter tizimlarini tahlil qilish va loyihalash, amaliy dasturiy vositalarni yaratish, axborot va multimedia texnologiyalarini ishlab chiqish hamda IT sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalarni beradi.


Kompyuter injiniringi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:

  • Kompyuter injineri — kompyuter tizimlari va apparat-dasturiy majmualarni loyihalash
  • Dasturiy ta’minot muhandisi (Software Engineer) — amaliy dasturlar va tizimlar yaratish
  • Tizim arxitektori — murakkab axborot tizimlarini loyihalash
  • Multimedia texnologiyalari bo‘yicha mutaxassis — raqamli kontent va interaktiv tizimlar
  • Axborot texnologiyalari mutaxassisi — tashkilot va korxonalarda
  • Ilmiy tadqiqotchi — kompyuter injiniringi va IT sohasida

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Ta’lim muddati: 2 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi - O'zbek tili
25 000 000 so'm / yillik
;