Konchilik ishi
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Samarqand viloyati
Yo'nalish haqida
Konchilik ishi yo‘nalishida talabalar yer osti va yer usti konlarini qazib olish texnologiyalari, foydali qazilmalarni xavfsiz va samarali ajratib olish usullari, konlarni rejalashtirish va loyiha qilish jarayonlarini o‘rganadilar. Shuningdek, tog‘-kon uskunalari va texnikalaridan foydalanish, konchilik xavfsizligi qoidalari, portlatish ishlari asoslari, geologiya va geomekhanik jarayonlarni tushunish bo‘yicha bilimlar beriladi. Talabalar konlarni boshqarish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash va ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish ko‘nikmalarini ham egallaydilar.
Qayerlarda ishlash mumkin?
-Konchilik va qazib olish korxonalari (oltin, mis, uran, ko‘mir konlari)
-Neft-gaz kompaniyalari
-Geologiya va yer osti boyliklarini o‘rganish tashkilotlari
-Portlatish ishlari bo‘yicha maxsus tashkilotlar
-Tog‘-kon sanoati uchun injiniring va loyiha kompaniyalari
-Ekologiya va sanoat xavfsizligi bo‘limlari
-Tog‘-kon uskunalari ishlab chiqaruvchi yoki servis kompaniyalari
-Dala ekspeditsiyalari va texnik nazorat xizmatlari
Imtihon bloki: Fizika, Matematika
Ta'lim muddati davomiyligi: 4 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 45 773 560 so'm / yillik
