Yo'nalish haqida
Kosmetologiya – bu tananing terisini va uning hosilalarini parvarish qilish bilan shug‘ullanadigan tibbiyot sohalaridan biri. U inson haqida dastlabki tasavvurning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan terining tashqi ko‘rinishi hamda sog‘lomligini ta’minlovchi muolajalarni, shuningdek, turli teri kasalliklarining oldini olish va davolash jarayonini ham o‘z ichiga oladi.
Agar siz ta’limning ushbu yo‘nalishiga qiziqsangiz, EMU Universityning Kosmetologiya yo‘nalishini tanlashingiz mumkin. Tahsil davomida siz kosmetologiyaning teri anatomiyasi va fiziologiyasi, estetik tabobat, kosmetik muolajalar va texnologiyalar, dermatologiya asoslari kabi ko‘plab jihatlarini o‘rganasiz.
Bu yo‘nalishdagi ta’lim kunduzgi shaklda 4 yil davom etadi.
O‘qish davomida kosmetologiya klinikalari va markazlarida amaliyot o‘tasiz, bu esa sizga tajriba orttirish va kosmetologiya sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni o‘zlashtirish imkonini beradi.
Universitetni tugatgach, siz kosmetologiya klinikalarida, go‘zallik salonlarida yoki boshqa turdosh muassasalarda bemalol ishlay olasiz (shifokor bo’lib emas).
Ta’kidlash kerakki, kosmetolog faoliyatida katta mas’uliyat va yuqori malaka talab etiladi. Kosmetolog butun dunyoda qo‘llaniladigan turli xil kosmetik muolajalar va zamonaviy texnologiyalar bilan albatta tanish bo‘lishi, shuningdek, teri qoplamining holatini baholay olishi va muayyan inson uchun mos davolash usullarini tanlay bilishi kerak.
Agar siz kosmetologiya sohasida hech qanday natijaga erisha olmayman deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, unda bizning universitetimiz siz intilayotgan bilim darajasini egallashingizga yordam beradi va sizni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Rus
- Kunduzgi
- 19 000 000 so'm / yillik
