Kosmik texnologiyalar
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Kosmik texnologiyalar yo‘nalishida talabalar sun’iy yo‘ldoshlar, raketa va kosmik apparatlarning tuzilishi hamda ishlash tamoyillarini o‘rganadilar. Ular aerodinamika, orbital mexanika, kosmik qurilmalarni loyihalash, boshqaruv va navigatsiya tizimlari, masofadan zondlash hamda sun’iy yo‘ldosh aloqa texnologiyalari bo‘yicha bilim oladilar.
Shuningdek, dasturlash, elektronika, avtomatika, materialshunoslik va kosmik texnikaning xavfsizlik masalalari ham chuqur o‘rganiladi. Talabalar nazariy bilimlar bilan birga amaliy loyihalar va laboratoriya ishlari orqali kosmik tizimlarni yaratish va tahlil qilish ko‘nikmalarini egallaydilar.
Universitetni tamomlab qayerda ishlash mumkin?
-Kosmik agentliklar va ilmiy-tadqiqot markazlarida
-Sun’iy yo‘ldosh ishlab chiqarish va boshqaruv kompaniyalarida
-Telekommunikatsiya va sun’iy yo‘ldosh aloqa tashkilotlarida
-Aviatsiya va aerokosmik sanoat korxonalarida
-IT va dasturlash sohasida (navigatsiya, boshqaruv tizimlari, modellashtirish)
-Masofadan zondlash va geoinformatsion tizimlar (GIS) markazlarida
-Innovatsion texnologiyalar va startap loyihalarda
Imtihon bloki: Matematika, Fizika
Ta'lim tili: O'zbek, Rus, Ingliz tili
Ta'lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek, Ingliz, Rus
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 22 000 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 22 000 000 so'm / yillik
- Kunduzgi - Rus tili
- 22 000 000 so'm / yillik
