Mentalaba - <!-- -->LLM International Commercial Law | Mentalaba

LLM International Commercial Law

Westminster International University in Tashkent

Magistr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Magistratura: Xalqaro tijorat huquqi (LLM in International Commercial Law) — bu yuridik soha yo‘nalishi bo‘lib, xalqaro savdo va biznes munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalar va amaliyotni chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ushbu dastur xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro savdo huquqi, investitsiya huquqi, korporativ huquq, arbitraj va nizolarni hal etish, xalqaro moliya va bank huquqi kabi fanlarni qamrab oladi. Dastur talabalarni xalqaro tijorat bitimlarini tuzish, huquqiy tahlil qilish va transmilliy biznes faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi.


“Xalqaro tijorat huquqi (LLM in International Commercial Law)” yo‘nalishi magistrlari quyidagi kasblarda faoliyat yuritishlari mumkin:

  • Xalqaro huquqshunos — xalqaro savdo va biznes bitimlari bo‘yicha huquqiy maslahat berish
  • Korporativ yurist — kompaniyalarning xalqaro faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash
  • Arbitraj va nizolarni hal etish bo‘yicha mutaxassis — xalqaro tijorat nizolarini ko‘rib chiqish va hal etish
  • Xalqaro shartnomalar bo‘yicha mutaxassis — xalqaro kontraktlarni tayyorlash va tahlil qilish
  • Investitsiya huquqi bo‘yicha maslahatchi — xorijiy investitsiyalar bilan bog‘liq huquqiy masalalar
  • Bank va moliya huquqi mutaxassisi — xalqaro moliyaviy operatsiyalarni huquqiy tartibga solish
  • Ilmiy tadqiqotchi yoki o‘qituvchi — xalqaro huquq sohasida ilmiy va pedagogik faoliyat

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Ta’lim muddati: 2 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi - Ingliz tili
54 439 200 so'm / yillik
;