Mentalaba - <!-- -->Logistika | Mentalaba

Logistika

Sarbon universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Avgust 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Logistika — bu mahsulot va xomashyoning ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha bo‘lgan harakatini rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilishni o‘rganadigan soha hisoblanadi. Logistika jarayonida yuklarni tashish, saqlash, ombor boshqaruvi, yetkazib berish muddatlarini muvofiqlashtirish va xarajatlarni optimallashtirish muhim o‘rin tutadi. Logistika mutaxassisi ta’minot zanjiri samaradorligini oshirish, transport yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlash va jarayonlarni tahlil qilish orqali korxonaning barqaror ishlashini ta’minlaydi. Shuningdek, u zamonaviy axborot tizimlari yordamida yuk oqimlarini kuzatadi va hisobotlar tayyorlaydi.


Logistika bakalavrini tugatgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:

  • Logist (Logistics Specialist) — yuk tashish va yetkazib berish jarayonlarini tashkil etish.
  • Ta’minot zanjiri menejeri (Supply Chain Manager) — ta’minot jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish..
  • Transport menejeri (Transport Manager) — transport yo‘nalishlari va tashish jarayonlarini rejalashtirish.
  • Xarid bo‘yicha mutaxassis (Procurement Specialist) — mahsulot va xomashyo xaridini tashkil etish.
  • Bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassisi (Customs Specialist) — yuklarni bojxona jarayonlaridan o‘tkazish.
  • Operatsion menejer (Operations Manager) — logistika jarayonlarini umumiy boshqarish va tahlil qilish.

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!


Imtihon fanlari: Matematika, Ingliz tili

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi - O'zbek tili
16 000 000 so'm / yillik
Masofaviy - O'zbek tili
14 000 000 so'm / yillik
;