Maktabgacha ta’lim
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Aprel - 30 Sentabr 2025
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalarga yosh bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash sohasida chuqur bilim va ko’nikmalarni taqdim etadi. Ushbu dastur orqali talabalar bolalarning intellektual, ijtimoiy va emotsional rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatish uchun zarur bo’lgan pedagogik usullarni o’rganadilar.
Dastur davomida talabalar bolalar psixologiyasi, o’yin va faoliyat orqali o’qitish, didaktika va maktabgacha ta’limning asosiy tamoyillarini chuqur o’rganadilar. Shuningdek, ular bolalar bilan ishlashda zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalarni qo’llashni o’rganadilar, bu esa bolalarning har tomonlama rivojlanishiga yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalarga bolalar tarbiyasi va ta’limiga mas’uliyat bilan yondashish uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni beradi. Ushbu yo’nalishda olingan ta’lim talabalarning kelajakda maktabgacha ta’lim muassasalarida yetakchi mutaxassis bo’lishlariga yordam beradi.
Kasbiy faoliyatlarining obyekti
- Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida;
- Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
- Davlat boshqaruv organlari;
- Maktabgacha ta'lim muammolari bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O'zbek tili
- Kunduzgi
- 17 000 000 so'm / yillik
- Sirtqi
- 12 000 000 so'm / yillik