Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til: ingliz tili | Mentalaba

Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlimda xorijiy til: ingliz tili

Andijon davlat chet tillari instituti

Bakalavr

Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026

Andijon viloyati

Yo'nalish haqida

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili yo‘nalishida talabalar bolalarga ingliz tilini o‘qitish metodikasi, yosh psixologiyasi va pedagogika asoslarini o‘rganadilar. Shuningdek, ingliz tilining fonetikasi, grammatikasi, leksikasi hamda bolalar uchun mos o‘quv dasturlari va dars ishlanmalarini tuzish ko‘nikmalari shakllantiriladi.

Talabalar interaktiv va innovatsion o‘qitish usullari, o‘yin orqali ta’lim berish, nutqni rivojlantirish texnikalari bilan tanishadilar. Ushbu yo‘nalish maktabgacha va boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini samarali va qiziqarli tarzda o‘rgatish uchun zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarni beradi.


Imtihon bloki: Ingliz tili, Ona tili va adabiyot


Ta'lim muddati: 4 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi - O'zbek tili
6 412 610 so'm / yillik