Ma‘lumotlar ilmi (Data Science)
Toshkentdagi Amerika Texnologiya Universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Mart - 31 Avgust 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Ushbu dastur Arizona State University’s W. P. Carey School of Business hamda College of Liberal Arts and Sciences ning nufuzli ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga turli tashkilotlarda yirik biznes ma’lumotlari tahlili loyihalarini yaratish, joriy etish va boshqarish uchun zarur bilim, ko‘nikma va amaliy tajribani beradi.
Mazkur keng qamrovli dastur biznes uchun mo‘ljallangan ma’lumotlarni yig‘ish, tozalash, integratsiya qilish, modellashtirish va tahlil qilish bo‘yicha mustahkam poydevor yaratadi hamda O‘zbekiston va xalqaro bozor talablariga moslashtirilgan.
Ushbu dastur talabalarga xalqaro miqyosda qo‘llaniladigan ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini beradi va quyidagi kasblarda faoliyat yuritish uchun keng imkoniyatlar yaratadi:
- Biznes tahlili mutaxassisi
- Ma’lumotlar bo‘yicha olim
- Ma’lumotlar tahlilchisi
- Ma’lumotlar muhandisi
- Ma’lumotlar arxitektori
- Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish dasturchisi
- Biznes analitik
- Moliyaviy kvantitativ tahlilchi
- Klinik ma’lumotlar menejeri
- Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisi
- Statistik
- Shaharsozlik rejalashtiruvchisi
Imtihon fanlari: Matematika, ingliz tili
Ta’lim tili: Ingliz
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim muddati: 4 yil
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Ingliz
- Kunduzgi - Ingliz tili
- 49 280 000 so'm / yillik
