Marketing
Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Marketing — bu bozorni o‘rganish, iste’mchilarni tushunish, ularning ehtiyojlarini qondirish va mahsulot yoki xizmatlarni sotish bo‘yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan ta'lim yo‘nalishidir. Ushbu dastur talabalarga marketingning asosiy tamoyillari, brend yaratish, reklama va sotish strategiyalarini ishlab chiqish, mijozlar bilan aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, raqamli marketing va bozor tahlili kabi zamonaviy yondashuvlar haqida chuqur bilimlar beradi.
Marketing bakalavriat dasturi talabalarni bozorni tahlil qilish, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, brendni rivojlantirish va samarali sotuv tizimlarini yaratish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar bilan ta’minlaydi. Bu dasturda talaba bozor dinamikasini o‘rganib, mahsulot yoki xizmatlarning muvaffaqiyatli sotilishini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan nazariy bilim va amaliy tajribani olishadi.
Marketing bakalavriat dasturi bitiruvchilari quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Marketing mutaxassisi — bozordagi talabni o‘rganish, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, marketing rejasini tuzish va amalga oshirish.
- Brend menejeri — kompaniya yoki mahsulot brendini yaratish va uni bozorda muvaffaqiyatli rivojlantirish, brendning imidjini va qiymatini oshirish.
- Reklama menejeri — reklama kampaniyalarini ishlab chiqish, auditoriyani jalb qilish va samarali reklama strategiyalarini ishlab chiqish.
- Savdo menejeri — mahsulot yoki xizmatlarni sotish, mijozlar ehtiyojlariga javob berish va sotish jarayonlarini boshqarish.
- Digital marketing mutaxassisi — internetda marketing strategiyalarini yaratish, ijtimoiy tarmoqlar, SEO, va onlayn reklamalarni boshqarish.
- Mijozlar bilan ishlash mutaxassisi — mijozlar ehtiyojlarini tushunish, ularning sodiqligini oshirish va uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish.
- Marketing bo‘yicha konsultant — kompaniyalarga marketing strategiyalarini ishlab chiqishda va bozorda muvaffaqiyatga erishishda yordam berish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Matematika, Chet tili
Ta'lim tili: O‘zbek tili
Ta'lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 19 500 000 so'm / yillik
