Marketing va Kommunikatsiya | Mentalaba

Marketing va Kommunikatsiya

Toshkentdagi Amerika Texnologiya Universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Mart - 31 Avgust 2026

Toshkent shahri

Yo'nalish haqida

Marketing va kommunikatsiyalar – mahsulot yoki xizmatlarni samarali targ‘ib qilish, brendlarni shakllantirish hamda iste’molchilar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni o‘rganadigan ta’lim yo‘nalishidir. Ushbu soha iqtisodiyot, psixologiya, ijtimoiy fanlar va kreativ dizayn yondashuvlariga tayangan holda talabalarga marketing strategiyalarini ishlab chiqish, reklama va PR kampaniyalarini yuritish hamda iste’molchilar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini beradi.


Marketing va kommunikatsiyalar sohasi raqamli marketing, ijtimoiy tarmoqlarni boshqarish, brend menejmenti va reklama kabi turli yo‘nalishlarda katta ahamiyatga ega.


O‘quv dasturi bozor tahlili, reklama strategiyalari, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, brend boshqaruvi, iste’molchi xulq-atvorini tushunish, kommunikatsiya psixologiyasi va kontent yaratish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.


AUTdagi Marketing va kommunikatsiyalar bo‘yicha Bachelor of Science dasturi Arizona State University (ASU)dagi akademik jihatdan mos bakalavriat dasturlari, xususan, W. P. Carey School of Business’ning Marketing bo‘yicha Bachelor of Science dasturi bilan uyg‘unlashtirilgan. Dastur, shuningdek, ASUdagi kommunikatsiya va professional muloqotga oid fanlar bilan boyitilgan.


Ushbu dastur talabalari global miqyosda talab yuqori bo‘lgan universal ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Bu esa ularga turli yo‘nalishlarda keng karyera imkoniyatlarini ochib beradi, jumladan:

  • Marketing bo‘yicha mutaxassis
  • Brend koordinatori
  • Kommunikatsiyalar bo‘yicha assistent
  • Kampaniyalar koordinatori
  • Raqamli marketing bo‘yicha assistent
  • Kontent koordinatori
  • Mahsulot marketingi bo‘yicha mutaxassis
  • Ijtimoiy tarmoqlar koordinatori


Imtihon fanlari: Matematika, ingliz tili


Ta’lim tili: Ingliz tili


Ta’lim shakli: Kunduzgi


Ta’lim muddati: 4 yil

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
Ingliz
Kunduzgi - Ingliz tili
49 280 000 so'm / yillik