Mentalaba - <!-- -->Matematika va informatika | Mentalaba

Matematika va informatika

Qarshi Xalqaro Universiteti

Bakalavr

Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026

Qashqadaryo viloyati

Yo'nalish haqida

Matematika va Informatika — bu aniq va texnik fanlar sohasiga kiruvchi ilmiy-amaliy yo‘nalish bo‘lib, u matematik modellashtirish, algoritmlash, dasturlash va axborot texnologiyalarini chuqur o‘rganishga qaratilgan. Ushbu yo‘nalishda oliy matematika, matematik analiz, algebra va geometriya, diskret matematika, ehtimollar nazariyasi, algoritmlar va ma’lumotlar tuzilmalari, dasturlash tillari, axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari hamda kompyuter texnologiyalari o‘rganiladi.

Mazkur bakalavr dasturi talabalarga matematik va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, masalalarni algoritmik yondashuv asosida yechish, dasturiy mahsulotlar yaratish, axborot tizimlarini loyihalash va amaliy IT masalalarni hal etish bo‘yicha mustahkam bilim va ko‘nikmalarni beradi.

Matematika va Informatika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan mutaxassislar quyidagi kasblarda faoliyat yuritishi mumkin:

  • Matematika va informatika o‘qituvchisi — umumta’lim maktablari, litsey va kollejlarda
  • Dasturchi (Programmer) — dasturiy ta’minot ishlab chiqish sohasida
  • IT mutaxassisi — tashkilot va korxonalarda axborot tizimlari bilan ishlash
  • Tizim administratori — kompyuter tarmoqlari va serverlarni boshqarish
  • Ma’lumotlar tahlilchisi (Data Analyst) — ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish
  • Ilmiy tadqiqotchi — matematika va informatika sohasida

Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!

 

Imtihon fanlari: Matematika, Fizika

 

Ta’lim tili: O‘zbek tili

 

Ta’lim shakli: Kunduzgi

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O‘zbek
Kunduzgi - O'zbek tili
13 900 000 so'm / yillik
;