Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi
Bakalavr
Qabul mudati: 20 Iyun - 15 Avgust 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi — bu materiallarning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ulardan turli texnologik jarayonlarda foydalanish usullarini o‘rganuvchi ilmiy-texnik va texnologik fan hisoblanadi. Ushbu fan metall, keramika, polimerlar, kompozit materiallar va boshqa yangi materiallarning ishlab chiqarilishi, ishlatilishi va sifatini nazorat qilish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, materiallarni sinovdan o‘tkazish, ularning ishlash muddatini aniqlash va sanoat jarayonlarida optimal ishlatilishini tadqiq etadi.
Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi bakalavrini bitirgan mutaxassislar quyidagi kasblarda ishlashi mumkin:
- Materialshunos mutaxassis – materiallarning xossalarini o‘rganish va sanoat jarayonlarida qo‘llash.
- Texnolog – yangi materiallar ishlab chiqarish va ularning sifatini nazorat qilish.
- Laboratoriya mutaxassisi – materiallarni tahlil qilish va sifatini tekshirish.
- Sanoat ishlab chiqarish bo‘yicha mutaxassis – metall, polimer va kompozit materiallar bilan ishlovchi korxonalarda faoliyat yuritish.
- Ilmiy xodim yordamchisi – ilmiy-tadqiqot institutlarida materiallar texnologiyasi sohasida tadqiqot ishlari olib borish.
Va boshqa mos keluvchi kasblarda ishlashi mumkin!
Imtihon fanlari: Kimyo, Matematika
Ta’lim tili: Rus tili
Ta’lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- Rus
- Kunduzgi - Rus tili
- 20 000 000 so'm / yillik
