Maxsus pedagogika : supdopedagogika

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Bakalavr

Qabul mudati: 25 Iyun 2024

Toshkent viloyati

Yo'nalish haqida

 Surdopedagogika  — defektologiya tarmogʻi; kar yoki zaif eshituvchi bolalarni maxsus oʻqitish va tarbiyalash masalalarini ishlab chiqadi. S. ga kar yoki zaif eshituvchi bolalarni oʻqitish nazariyasi tarixi, kar va zaif eshituvchi bolalarning psixologik rivojlanish, oʻquv fanlarini oʻqitish, talaffuzni oʻrgatish va "lab bilan oʻqish", mehnatga oʻrgatish, tarbiyaviy ishlar metodikalari kiradi. S. kar yoki zaif eshituvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini oʻrganib, maxsus oʻquvtarbiya jarayoni tuzilishining asoslarini, maxsus oʻquvtarbiya muassasalarini tashkil etish tartibkridalarini ishlab chiqadi. Fan asoslarini oʻrganish bilan zaif eshituvchi bolalarda ogʻzaki nutq shakllanib boradi. Zaif eshituvchilarga ogʻzaki nutqni oʻrgatish uchun soʻzlar talaffuz qilinganda nutq organlarining harakati koʻrsatiladi. Shu harakatlarga qarab zaif eshituvchilar tovush va soʻzlarni ajratib olishga, yaʼni "labga qarab oʻqishga" oʻrganadi. Nutq harakatlarini takrorlashga oʻrgangan zaif eshituvchilar gapirish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, karlar maxsus oʻquv alifbosi — daktilologiyasan foydalanib gapirishlari ham mumkin. Maxsus taʼlim sharoitida oʻquvchilarda i. ch. faoliyatining malaka va koʻnikmalari gʻosil qilinadi va normal hayotga tayyorlanadi. S. otolaringologiya, akustika, logopediya, umumiy ped., tilshunoslik, psixologiya, fiziologiya bilan uzviy bogʻliq. S. boʻyicha ilmiy tadqiqotlar Oʻzbekistonda Toshkent ped. universitetining defektologiya ftida olib boriladi.


Kunduzgi ta’lim shakli  12 627 170 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
;