Yo'nalish haqida

 Meliorativ gidrogeologiya — gidrologiya fanining bir tarmogʻi; qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligiga va yerning meliorativ holatiga yer osti suvlarining taʼsirini oʻrganadi. M.g . gidrologiya fani metodlariga asoslanadi. Yerning shoʻrlanishi va zaxlashi oqibatlarini tadqiq qiladi, yer osti sizot suvlarining sathini pasaytirish va maʼlum bir holatda saqlab turish haqida tavsiyalar beradi 


Gidrogeologiya — yer osti suvlari haqidagi fan. Yer osti suvlarining tarkibi, xossasi, kelib chiqishi, harakati qonuniyatlari va tarqalishini, xoʻjalikka foydasi va zararini oʻrganadi, ulardan foydalanish yoʻllarini aniqlaydi, texnik tadbirlarni ishlab chiqadi. Yer osti suvlarini qidirish, miqdori va isteʼmol uchun yaroqliligini aniqlash, sugʻorish, sanoat korxonalari ehtiyojlarini qondirishda ulardan foydalanish, melioratsiya, botqoq yerlarni quritish va har xil muhandislik inshootlarini qurish kabi amaliy masalalarni ham hal etadi.


Imtihon bloklari : matematika , fizika .


Kunduzgi ta’lim shakli 12 627 170 so’m

Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 4 yil .

Ta’lim tili va kontrakt narxlari

Ta'lim tili
O'zbek tili
Kunduzgi
12 627 170 so'm / yillik
;