Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik
Magistr
Qabul mudati: 5 Iyun - 25 Iyun 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Melioratsiya - qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi — yerlarning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratilgan tashkiliyxoʻjalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. Melioratsiya tabiiy sharoitlar (tuproq, gidrologik, iqlimiy va boshqalar) majmuini kerakli yoʻnalishda oʻzgartirish; tuproqda ekinlarni yetishtirish uchun qulay boʻlgan suvhavo, harorat va oziq rejimini, atmosferaning yer yuzasiga yaqin qatlamida havoning harorati va harakatini oʻzgartirish imkoniyatini beradi.
Sugʻorma dehqonchilik, obikor deqqonchilik — qishloq xoʻjaligi. ekinlarini sugʻorib yetishtirish. Choʻl, chala choʻl va qurgʻoqchil zonalarda, shuningdek, vegetatsiya davrining ayrim bosqichlari nam bilan yetarli taʼminlanmagan hududlarda vujudga kelgan. Dehqonchiliknpng eng intensiv turlaridan biri. Sugʻorma dehqonchilik ekinlardan eng yuqori va barqaror xrsil yetishtirishni taʼminlaydi, lalmikor dehqonchilikka nisbatan 8—10 marta koʻproq hosil beradi. Bunday sharoitlarda yerdan samarali foydalanish, takroriy va qoʻshimcha ekinlar ekish mumkin.
Kunduzgi ta’lim shakli 7 771 270 so’m
Kunduzgi ta’lim davomiyligi – 2 yil .
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 8 968 000 so'm / yillik