Menejment
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti
Bakalavr
Qabul mudati: 1 Iyun - 30 Sentabr 2026
Toshkent shahri
Yo'nalish haqida
Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining menejment ta’lim yo‘nalishi talabalarga tashkilotlarni samarali boshqarish, jamoalarni yetakchilik qilish va biznes strategiyalarini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni taqdim etadi. Ushbu yo‘nalish talabalarga menejmentning nazariy va amaliy jihatlarini, jumladan, strategik rejalashtirish, inson resurslarini boshqarish, marketing va moliyaviy boshqaruv kabi sohalarni o‘rgatadi.
Dastur davomida talabalar tashkilot ichidagi jarayonlarni tahlil qilish, samaradorlikni oshirish va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Talabalar o‘zlarini haqiqiy biznes vaziyatlarida sinab ko‘rish va yetakchilik qobiliyatlarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Menejment ta’lim yo‘nalishi talabalarga turli sohalarda, jumladan, biznes, davlat boshqaruvi, nodavlat tashkilotlar va xalqaro korporatsiyalarda muvaffaqiyatli menejer bo‘lib yetishish uchun zaruriy bilim va ko‘nikmalarni beradi. Ushbu yo‘nalishda olingan ta’lim talabalarning kelajakda rahbarlik lavozimlariga erishishlariga yordam beradi.
Kasbiy faoliyatlarining obyektlari
- Davlat va nodavlat tashkilotlari, korxonalar va muassasalar, kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish birlashmalari va boshqalar; iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarida tashkilotlar, korxonalar va muassasalar samaradorligi va natijadorligini oshirish jarayonlari; iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalarida vaziyatli va tizimli yondashuv tamoyillarini tatbiq etish, davlat va mahalliy boshqaruv qarorlarini amalga oshirish jarayonlari; tashkilot va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari; firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarni boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyatini ta’minlash; ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari; mehnatni tashkil etish va boshqarish, tashkilot va xodimlar boshqaruvini tuzish jarayonlari; ishchilarni kasbiy malakasiga qarab pog‘onalarga ajratish, faol ishchilarni boshqaruv masalalarini yechishga jalb qilish jarayonlari; o‘z-o‘z boshqarishni rivojlantirish, o‘zini ish uslubini takomillashtirish jarayonlari; kichik biznesni mohirona boshqarish bozor raqobatiga dosh berish, muammolarni yechish jarayonlari; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish, ulardan foydalana olish, boshqaruv psixologiyasi jarayonlari.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
- Ta'lim tili
- O‘zbek
- Kunduzgi - O'zbek tili
- 18 500 000 so'm / yillik
- Kechki - O'zbek tili
- 14 900 000 so'm / yillik
